Barselonadagi teraktga aloqador so‘nggi gumondor hamon qidirilmoqda

Jahon 17:50 / 20.08.2017 2619

Kataloniya politsiyasi Barselonadagi teraktni amalga oshirishda gumonlanayotgan shaxslardan birini hamon qidirmoqda. Bu haqda Reuters mahkama rasmiy vakili Albert Olivaga asosan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 22 yoshli Yunus Abuyoqub hamon qidiruvda.

Shuningdek, politsiyadagilar Alkanar shahridagi terrorchilar boshpanasida necha kishi halok bo‘lgani yuzasidan aniq ma'lumot taqdim eta olmagan.

«Balki bir, ikki yoki uch», - degan huquqni muhofaza qilish idorasi vakili.

Avvalroq Ispaniyada terrorchilar yashiringan joydan uch jasadning qoldiqlari topilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: