Yaponiyada 74 yoshli alpinist yordam kutgan holda bir hafta shokolad bilangina jon saqladi

Jamiyat 21:07 / 20.08.2017 5138

Yaponiya Alplarida yo‘qolib qolgan keksa alpinist uni 20 avgustda qutqaruvchilar topgunlariga qadar birgina shokolad va suv iste'mol qilish bilan bir hafta tog‘larda yashay oldi.

NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, 74 yoshli Kiyoyuki Tsutsui toqqa ko‘tarilish uchun 10 avgustda Xirosimadan Niigata prefekturasiga kelgan. Rejaga ko‘ra, alpinist toqqa ko‘tarilishni 13 avgustda boshlashi va 4 kundan keyin orqaga qaytishi kerak edi.

Biroq taxminan ming metr balandlikda keksa alpinist qoqilib ketib, so‘qmoqdan sirg‘anib ketgan.

Tsutsui yo‘qolgani haqida uning qarindoshlaridan biri 18 avgustda politsiyaga murojaat qilgandan keyin ma'lum bo‘lgan. Qariyani 20 avgust ertalab vertolyotdan aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Ta'kidlanishicha, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Tsutsuining aytishicha, u bu vaqt davomida faqatgina shokolad yegan va soydan suv ichgan hamda sovqotmaslik uchun yomg‘irpo‘sh kiyib yurgan.

Ko‘proq yangiliklar: