AQShda irqiy muammolar haqidagi achchiq so‘zlari bilan mashhur bo‘lgan komik Dik Gregori hayotdan ko‘z yumdi

Jahon 15:18 / 20.08.2017 6159

AQShda oq tanlilar o‘rtasida muvaffaqiyatli chiqish qilgan ilk qora tanli komiklardan biri Dik Gregori 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.

Gregori yaqin kunlarda Atlantada chiqish qilishi lozim edi, biroq sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Gregori 1960-yillarda mashhur bo‘lib ketgandi, o‘shanda u irqiy kamsitish masalalari bo‘yicha satiralar bilan chiqqan. Shuningdek, artist inson huquqlari uchun kurashchi sifatida mashhur. U norozilik namoyishlarda ishtirok etgani uchun bir necha bor qo‘lga ham olingan.

Ko‘proq yangiliklar: