Ukrainada Fransiyaning 200 mln yevroni o‘zlashtirgan fuqarosi qo‘lga olindi

Jahon 17:40 / 19.08.2017 5979

Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari 200 mln yevroni noqonuniy o‘zlashtirgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan fransiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Kiyev viloyatida Fransiya fuqarosini qo‘lga oldi. U YeI hududida o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishga aloqador", — deyiladi xabarda. 

UXX mamlakatda Yevropa kompaniyalarining 200 mln mablag‘ini o‘margani uchun sudlangan Fransiya fuqarosi borligi xususida axborot olgan. U 5 yil mobaynida Yevropa davlatlarida Fransiya sudidan qochib yurgan. UXX xodimlari jinoyatchi 3 kun avval Ukrainaga kelganini aniqlashgan va uni qo‘lga olishgan. 

Ta'kidlanishicha, u bilan birga YeI da sodir etgan jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan yana biir xorijlik qo‘lga olingan. 

"To‘plangan hujjatlar prokuraturaga topshirilgan. U Interpol va Yevropol tomonidan qidirilayotgan jinoyatchilarni qaytarish masalasini hal etadi", — deyiladi UXX xabarida. 

Ko‘proq yangiliklar: