«Superkambek». Denisov 3 oylik tanaffusdan keyin safga qaytgan o‘yinda «Lokomotiv» qahramonlik ko‘rsatdi

Sport 22:20 / 19.08.2017 16251

Rossiya premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda Moskvaning «Spartak» klubi «Lokomotiv»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida mezbonlar ikkita gol kiritib, hisobda oldinga chiqib olishgandi. Biroq bo‘lim so‘nggida Aleksandr Samedov simulyatsiya ishlatgani sabab, ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etishi o‘yinda tub burilish yasadi.

«Temiryo‘lchilar» bosh murabbiyi ikkinchi bo‘lim arafasida bir necha o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Jumladan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Vitaliy Denisov ham bo‘lim boshidan maydonga tushirildi. Natijada bu o‘zgarishlar o‘zini oqladi va jamoa nafaqat hisobni tenglashtirishga, balki 4:2 hisobida oldinga chiqib olishga ham ulgurdi. Kvinsi Promesning hisobni qisqartiruvchi goli esa amaldagi chempionlarga hech qanday umid bermadi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Lokomotiv» hisobidagi ochkolar soni 16taga yetdi va jamoa turnir jadvalida karvonboshiga aylanib oldi. Vitaliy Denisov esa may oyida belidan olgan jarohatidan uch oyga yaqin vaqt o‘tib ilk marta zaxiradan maydonga tushdi va 45 daqiqa davomida maydonda to‘p surdi.

Turning yana bir uchrashuvida «Ural» TsSKAni qabul qilib nursiz durang qayd etdi.

Rossiya premer-ligasi, 7-tur

Spartak – Lokomotiv 3:4 (2:0)
Gollar: Glushakov (30), Luis Adriano (43), Promes (90+2) – Barinov (48), Miranchuk (68), Kolomeytsev (83), Fernandesh (90+1).
Spartak: Selixov, Bokketti, Tashchi, Yeshchenko, Kombarov, Pashalich (Fernando, 73), Glushakov, Ananidze (Melgarexo, 46), Samedov, Promes, Luis Adriano.
Lokomotiv: Gilerme, Peychinovich, Kverkveliya, Ribus (Denisov, 46), Miranchuk, Barinov (Kolomeytsev, 78), Fernandesh, Tarasov (Miranchuk, 46), Farfan, Denisov, Ignatev.
Ogohlantirishlar: Samedov (27), Miranchuk (59), Fernandesh (63), Ignatev (72).
Chetlatish: Samedov (45, Spartak).

Ural – TsSKA 0:0
Ural: Godzyur, Kulakov, Aroyan, Balajits, Merkulov, Fidler (Portnyagin, 82), Bavin (Yemelyanov, 68), Chanturiya, Bikfalvi, Grigorev (Yevseyev, 61), Ilin.
TsSKA: Akinfeyev, Vasin, Ignashevich, Berezutskiy, Fernandes, Vernblum, Natxo, Nababkin, Golovin (Milanov, 82), Olanare (Vitino, 52), Dzagoyev (Chalov, 64).
Ogohlantirishlar: Dzagoyev (44), Nababkin (64), Yevseyev (89).

Ko‘proq yangiliklar: