Rafael Nadal AQShdagi turnirdan chiqib ketdi

Sport 13:00 / 19.08.2017 4374

Avstraliyalik 23 yoshli tennischi Nik Kirgios Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilayotgan Tsintsinnati ochiq turnirida dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi Rafael Nadal ustidan g‘alaba qozondi. Turnir chorak finalida Kirgios o‘zidan 21 pog‘ona yuqoridagi ispaniyalik raqibini 6:2, 7:5 hisoblari bilan mag‘lub etgan.

Bu tennischilar so‘nggi marta Madrid Mutua Open turnirida to‘qnashgan, unda ispaniyalik sport ustasi g‘alaba qozongandi.

«Ikkinchi set davomida raqibim xatolarga yo‘l qo‘ydi, ammo men ulardan foydalana olmadim. O‘yin murakkab va qiyin kechdi, albatta Nik kuchli sportchi ekanini isbotlay oldi», deya o‘yindan keyin intervyu bergan Rafael.

Shunga qaramay, kelgusi hafta ATP tomonidan e'lon qilinadigan tennis raketka ustalarining ro‘yxatida yetakchilikni yana Rafael Nadal qo‘lga olishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: