OAV: Barselonada portlovchi moddalar ortilgan furgonlar orqali uchta nuqtada hujum rejalashtirilgandi

Jahon 22:30 / 19.08.2017 5389

Ispaniyaning Kataloniya viloyatida bir qator teraktlarni sodir etgan terrorchilar Barselonaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – Muqaddas oila ibodatxonasiga hujum qilishmoqchi bo‘lgan. 

El Espanol nashri ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar portlovchi moddalar ortilgan furgonlar qo‘llagan holda bir vaqtning o‘zida 3 ta terakt amalga oshirmoqchi bo‘lganlar. Bunday joylardan biri sifatida Muqaddas oila ibodatxonasi tanlangan. Shuningdek, Rambla ko‘chasida ham terakt sodir etilmoqchi bo‘lgan. Terrorchilar nishonga olgan uchinchi obekt aytilmagan, biroq ma'lumotlarga ko‘ra, shaharning port qismiga hujum qilinmoqchi bo‘lgan. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, furgonlar Kataloniyadagi Alkanar shahridagi binolardan birida saqlangan.   

Muqaddas oila ibodatxonasi o‘z arxitekturasi bilan tanilgan Barselonadagi katolik cherkov bo‘lib, u 1882 yildan beri odamlar xayriya qilgan pullar hisobiga qurib kelinadi.  

Ko‘proq yangiliklar: