Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy​ mamlakatga qaytib kelmoqda

Jahon 13:20 / 19.08.2017 14105

Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy uch oydan so‘ng mamlakatga qaytib kelmoqda. Prezident Axborot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, Muhammad Buxoriy yakshanba kuni Abuja shahriga yetib keladi, dushanba kuni esa mahalliy OAVda chiqish qilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 7 may kuni sog‘lig‘ini tiklash maqsadida Buyuk Britaniyaga uchib ketgan Nigeriya rahbari xalqaro axborot agentliklarining sayyor muxbirlarini tadbirga taklif etgan. Hozircha uning sog‘lig‘i va faoliyatiga oid qo‘shimcha ma'lumotlar oshkor etilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: