Livan Suriya chegarasi yaqinida harbiy yurish boshladi

Jahon 08:50 / 19.08.2017 8802

Livan armiyasi Suriya bilan chegara hududida IShID jangarilari ustiga yurish boshladi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik kuchlari xizmatidagi manbasiga asoslangan holda Reyter xabar tarqatdi.

Agentlik manbasi ma'lumotiga ko‘ra, livanlik harbiylar Raas-Baalbek yaqinida jangarilarga hujum qilmoqchi. Uning qayd etishicha, jangarilarga qarshi raketalar, artilleriya va vertolyotlar orqali hujum qilinadi.

Livan armiyasi keyingi ikki hafta davomida terrorchilarning pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Harbiy ekspertlar fikricha, quruqlikdagi yangi harbiy amaliyot Livan hududini IShID jangarilaridan butunlay tozalashga qaratilgan. Livan hukumati seshanba kuni ushbu harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rishni ma'qullagandi.

Ko‘proq yangiliklar: