IShID jangarilari Livan va Suriya chegarasida «Hizbulloh»ga taslim bo‘lmoqda

Jahon 15:00 / 19.08.2017 18185

IShID jangarilari guruhlari Suriya va Livan chegarasida joylashgan Zamraniy chegara o‘tkazish punktida taslim bo‘lmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«IShID jangarilari Zamraniy tumanidagi Kalamun chegara o‘tkazish punktida «Hizbulloh» jangarilariga taslim bo‘lmoqda», — degan manba. 

Uning qayd etishicha, jangarilarning aksar qismi «Hizbulloh» tomoniga o‘tgan, qolgan qismi ham qurollarni topshirishga tayyorlanmoqda.

«Xizbulloh» IShIDga qarshi kurashda Suriya hukumati tomonida turishi haqida rasman ma'lum qilgan.

Bundan avvalroq Livan armiyasi Suriya chegarasida IShIDga qarshi operatsiya boshlashi haqida xabar berildi. Armiyaning nishonlari IShIDning Ras-Baalbek shahri yaqinidagi pozitsiyalari hisoblanadi.

Operatsiya doirasida raketalar, artilleriya va vertolyotlardan foydalaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: