Xitoyda kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi

Jahon 09:10 / 19.08.2017 7642

Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor hududida noqulay ob-havo sharoiti tufayli kamida 10 kishi halok bo‘lgan. «Sinxua» agentligi xabariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar tufayli hududdan 11 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha departament ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta mobaynida yomg‘irlar tufayli mamlakatning 23 okrugi talofat ko‘rgan, bu tabiiy ofat 190 ming kishini qamrab olgan.

Ko‘proq yangiliklar: