Farg‘onada hindistonlik mutaxassis oftalmologlar hamkorligida ko‘z klinikasi ochildi  

Jamiyat 16:00 / 19.08.2017 11459

Hindiston va O‘zbekistonlik mutaxassis oftalmologlar bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar markazida ko‘z klinikasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Vikram Singh – oftalmolog (Hindiston)

O‘zbekiston va Hindiston har sohada avvaldan do‘stona aloqa qilib keladi. Bu klinika Hindistondagi eng yirik oftonmologiya markazi hisoblanadi. Mazkur klinikani Farg‘onada bo‘limini tashkil etdik. Bu yerda endilikda jarrohli operatsiyalarini o‘tkazamiz. Yurtingizdagi mutaxassislar bilan o‘zaro fikr almashgan holda bu yerdagi bemorlarga ko‘mak beramiz.

Klinikaning ochilish marosimiga Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar tashrif buyurib, klinikada bemorlar va shifokorlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, o‘zaro hamkorlikdagi klinika - ko‘plab insonlarning dardiga malham bo‘lishini e'tirof etdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Hindistonning o‘zaro hamkorlik aloqalari yana boshqa sohalarda ham davom etishini aytib o‘tdi. 

Vinod Kumar –Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi. 

Farg‘onaga yana bir bor tashrif buyurganimdan shodman. Viloyatingizni boy tarixi hindistonliklarga yaxshi mu'lum. Tibbiyot sohasi yurtingizda juda yaxshi rivojlangan. O‘zbekistondagi juda ko‘plab shifoxonalarda hindistonliklar faoliyat olib boradilar. Shahringizda barpo etilgan klinika ham uzoq yillik hamkorligimizning natijasi, deb o‘ylayman. Ko‘plab o‘zbekistonliklar dardlariga shifo izlab, Hindistonga boradi. Endilikda mazkur shifoxona yordamida shu yerning o‘zida jarrohlik amaliyotini o‘tishlari mumkin.   

Oftalmologiya sohasida yangilik bo‘lgan ushbu texnologiyalar yordamida insonlar hayotga yanada ravshan nigoh tashlash baxtiga muyassar bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda ko‘z kasalliklarining barcha turlarini samarali davolash imkoniyatlari yaratilgan.

Klinikada yangi texnologiya va zamonaviy ilmiy, tibbiy usullar yordamida davolash va jarrohlik amaliyotlarini og‘riqsiz va foydali tashkil etish imkoniyatlari bor.

Ko‘proq yangiliklar: