Bundesliga. «Bavariya» mavsumni g‘alaba bilan boshladi

Sport 10:20 / 19.08.2017 5514

Germaniya chempionatining 1-turi dastlabki uchrashuvi Myunxenda bo‘lib o‘tdi va unda «Bavariya» Leverkuzenning «Bayyer» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki qismidanoq hujumlarga zo‘r bergan mezbonlar avvaliga 9-daqiqada Zyulening zarbasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqaga kelib yana bir debyutant futbolchi Korentin Tolisso farqni ikkita yetkazdi. Ikkinchi bo‘limda Levandovski hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, Admir Mehmedi jamoasini yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifi bo‘ldi.

Germaniya bundesligasi, 1- tur

Bavariya – Bayyer 3:1 (2:0)
Gollar:
 Zyule (9), Tolisso (18), Levandovski (52, penalti) – Mehmedi (65).
Bavariya: Ulrayx, Hummels (Rafinya, 62), Zyule, Alaba, Tolisso, Kimmix, Vidal, Rudi, Riberi (Koman, 77), Myuller (Robben, 61), Levandovski.
Bayyer: Leno, Ta, Vendell, Henrixs, Belarabiy, Bender (Dragovich, 46), Arangis (Kampl, 61),Kor, Beyli (Brandt, 46), Mehmedi, Folland.
Ogohlantirishlar: Kor (8), Arangis (52), Vidal (63).

Ko‘proq yangiliklar: