«Barselona» «Nitstsa» futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

Sport 19:00 / 19.08.2017 9156

«Nitstsa» yarim himoyachisi Jan-Mikael Seri faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Sport xabariga ko‘ra, «Barselona» Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu 26 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan.

Kataloniyaliklar Seri uchun «Nitstsa»ga 30 million yevro taklif qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Seri Fransiya chempionatining 34 uchrashuvida maydonga tushgan va 7 gol urib, 10 golga uzatma bergan. 

Ko‘proq yangiliklar: