«Barselona» La Liganing 1-turida terakt qurbonlari xotirasi uchun maxsus libosda maydonga tushadi

Sport 01:43 / 19.08.2017 8914

«Barselona» Ispaniya chempionatining 1-turida «Betis»ga qarshi o‘yinda payshanba kuni sodir etilgan terrorchilik akti qurbonlari xotirasiga atalgan maxsus futbolkalarda maydonga tushadigan bo‘ldi.

Futbolchilarning libosi yelkalarida familiyalar o‘rnida «BARCELONA» yozuvi bo‘ladi, ko‘kragida esa #TotsSomBarcelona («Barchamiz — Barselona») heshtegi joylashtiriladi.

Ispaniyada terrorchilik akti qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e'lon qilingan, dam olish kunlarida start oladigan La Liganing yangi mavsumi o‘yinlarining barchasi bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Payshanba kuni kunduzi Barselona markazidagi La Rambla ko‘chasi bo‘ylab sayr qilayotgan insonlar ustiga furgon haydalgan. 100 dan ziyod kishi jabrlangan, ayni paytda ularning 15 nafari og‘ir ahvolda. Rasman 13 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingan.

«Barselona»nining «Betis»ga qarshi uchrashuvi esa 20 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:15 da «Kamp Nou» stadionida boshlanadi. Shu kecha 01:15 da «Deportivo»-»Real» (Madrid) uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: