Avstriyada katta chodirning ag‘darilishi oqibatida 100 dan ko‘proq odam jabrlandi

Jahon 22:10 / 19.08.2017 3104

Avstriyada 19 avgustga o‘tar kechasi Zaltsburgdan shimol tomonda joylashgan Sankt-Yoxan-am-Valde kommunasida o‘tayotgan pivo festivalida kuchli bo‘ron oqibatida chodir ag‘darilib tushgan. Buning oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi jarohat olgan. 20 ga yaqin kishi og‘ir ahvolda, ulardan 2 nafari esa juda og‘ir ahvolda qolmoqda.  

Voqea yuz bergan vaqtda chodir ostida 650 ga yaqin odam bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: