GO desa yuradigan, Stop now desa to‘xtaydigan avtomobil uchun patent olindi

Fan-texnika 19:55 / 18.08.2017 3914

Google’ga tegishli Waymo kompaniyasi anchadan beri mashinani haydovchisiz boshqarish texnologiyalarini yaratish bilan shug‘ullanib keladi. Biroq bu yerda birgina dasturiy ta'minot bilan cheklanib bo‘lmaydi – mutaxassislar kelgusida yarab qolishi mumkin bo‘lgan turli yangi texnologiyalarni ixtiro qilib, ularni patentlashtirmoqdalar. Ulardan biri rul va turli indikatorlar o‘rniga bir nechtagina tugmacha joylashadigan kelajak asboblar paneli hisoblanadi. 

Patentga ilova qilingan suratdan ko‘rinib turgandek, yangi panelning markazida “Go” (Yurish) va “Stop now” (To‘xtash) tugmachalari bo‘ladi. Bundan tashqari, bu panelda elektr oyna ko‘targichlar, eshik blokiratorlari, yorug‘likni sozlash va o‘rindiqlarni qizdirish tugmalari joylashgan. Biroq patentga ilova qilingan hujjatlardan yo‘lovchilar bunday panel yordamida zarur yo‘nalishni qanday berishlari mumkinligini anglab bo‘lmaydi.  

Biroq Waymo’da hoynahoy yo‘nalishni berish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Ehtimol, u ovozli boshqarish yoki dastur orqali amalga oshiriladi. Bunday holda foydalanuvchi avtomobilni unga odatiy usul bilan to‘liq nazorat qilishi mumkin bo‘ladi. Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda esa “Stop now” tugmasi yordamida mashinani to‘xtatish imkoniyati bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: