O‘zbekistonlik uchuvchilar parvozga qanday tayyorlanishadi? (Video)

O‘zbekiston 20:00 / 18.08.2017 21400

2017 yil 18 avgust kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida Havo floti kuni hamda yangi Boing 767 samolyoti Full-flight-simulyatorining ishga tushirilishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

Kun.uz muxbiri Boing 767 samolyoti  Full-flight-simulyatori bilan tanishib, yangi trenajyordagi mashq jarayonini kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur qurilma olti tomonlama erkin harakatlanuvchi platformaga o‘rnatilgan, uning og‘irligi 13 tonnani tashkil etadi. 

Boeing 767 Full-flight simulyatorida tashkil etilgan parvoz vaqtida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK uchuvchilari turli noodatiy holatlarni ham yerda, ham havoda sinab ko‘rishdi. 

Trenajyor majmuasida o‘rnatilgan simulyatorlar orqali uchuvchilar o‘z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishadi. Jahon sanoat standartlari asosida ishlab chiqilgan vizual tizim uchuvchilarga nostandart va murakkab vaziyatlarni mashq qilishga yordam beradi. Kompyuter tizimiga o‘rnatilgan aeroportlarning ma'lumotlar bazasi bilan yer sharining  istalgan nuqtasiga parvoz qilish mumkin. 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘quv-mashq markazining texnik ta'minlanishi Milliy aviakompaniyaga, nafaqat o‘z uchuvchi tarkibining trenajyor tayyorgarligini amalga oshirish, balki xorijiy aviakompaniyalarga  ham bu borada o‘z xizmatlarini  taklif etish  imkonini beradi. 

Boeing 767 Full-flight simulyatoridagi parvozni quyidagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Ko‘proq yangiliklar: