O‘zbekiston va Belarus TIV delegatsiyalari maslahatlashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston 22:00 / 18.08.2017 3773

17-18 avgust kunlari Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini inventarizatsiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston-Belarus vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.

Belarus Respublikasi TIV delegatsiyasiga Shartnomaviy-huquqiy bosh boshqarma boshlig‘i Andrey Metelitsa boshchilik qildi.

Uchrashuvda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi inventarizatsiya qilindi hamda ikki davlat o‘rtasida imzolangan xalqaro shartnomalarning yagona tartibi kelishib olindi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ko‘rib chiqayotgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari bo‘yicha fikr almashildi hamda o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: