O‘zbekiston TIV rahbari portugaliyalik hamkasbiga maktub yo‘lladi

O‘zbekiston 20:48 / 18.08.2017 3703

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Portugaliya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Augusto Santos Silvaga O‘zbekiston-Portugaliya munosabatlarining 25 yilligi munosabati bilan maktub yo‘lladi. Ushbu maktub mazmuni TIV rasmiy saytida ma'lum qilingan.

“Janobi Oliylari,

Men Sizni muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi va Portugaliya Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ulkan mamnuniyat ila tabriklayman.

O‘zbekiston Portugaliyani Yevropadagi muhim sherik deb hisoblaydi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yuqori baholaydi.

O‘zbekiston o‘zaro tashriflar amaliyoti va Portugaliya bilan siyosiy va parlamentlararo yo‘nalishda, iqtisod, madaniyat va turizm sohalarida munosabatlarni yanada izchil kengaytirishni davom ettirish tarafdori.

Aminmanki, o‘zaro hurmat va manfaatlarni birdek inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi sheriklik bizning xalqlarimiz farovonligi yo‘lida kelgusi yillarda ham mustahkamlanishda davom etadi.

Janobi oliylari, mening eng yuksak hurmat va ehtiromimni qabul etgaysiz.

Hurmat bilan,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov”.

Ko‘proq yangiliklar: