O‘zbekiston Senatining yalpi majlisi chaqiriladi

O‘zbekiston 19:50 / 18.08.2017 10597

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi 24 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabariga ko‘ra Senat Kengashi 18 avgust kuni shunday qaror qabul qilgan.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to‘g‘risida»gi, «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»gi, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri), «Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi qonunlar kiritilmoqda.

Yalpi majlisda senatorlar «O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, yalpi majlisning kun tartibiga Toshkent viloyatining To‘ytepa, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi masalalar ham kiritildi.

Bundan tashqari, yalpi majlisda senatorlar Konstitutsiyaviy sudni saylash haqidagi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ayrim rahbarlariga parlament so‘rovi yuborish, shuningdek, parlament so‘rovi natijalari haqidagi masalalarni ham ko‘rib chiqadi.

Yalpi majlisda Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: