O‘qituvchilarni kollejlarga tanlab olish uchun 45 kun talab etiladi

O‘zbekiston 18:30 / 18.08.2017 10018

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori 2017 yil 3 avgust) bilan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari direktor o‘rinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning bo‘sh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
 

Belgilanishicha, tanlov o‘tkazish tartibi quyidagi bo‘sh lavozimlarga tatbiq etiladi:

•  litsey va kollejlarning direktor o‘rinbosarlari (ilgarigidek);
•  kollejlarning o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta'limi ustalari (ilgari - litsey va kollejlarning pedagog va muhandis-pedagoglari).

Demak, endilikda barcha pedagoglarga emas, faqat o‘qituvchilarga va faqat kollejlarga tatbiq etiladi. Litseylarning bo‘sh o‘qituvchi lavozimiga tanlov o‘tkazish esa alohida Nizom (2017 yil 3 avgust) bilan tartibga solinadi. 

Endilikda tegishli lavozim bo‘shaganidan keyin 10 kun ichida:

•  direktor o‘rinbosarlari lavozimiga - O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmasi tomonidan OAVda va ushbu boshqarma saytida;
•  o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta'limi ustalari lavozimiga - kollej tomonidan OAVda va kollejning saytida (agar mavjud bo‘lsa) tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e'lon beriladi.

Ilgari bo‘sh direktor o‘rinbosarlari lavozimiga tanlov yuqoridagi boshqarmalar yoki bo‘ysunuvida litsey (kollej) bo‘lgan idoralar tomonidan, pedagog lavozimlariga - litsey (kollej) rahbariyati tomonidan OAV orqali 1 oy oldin elon qilinardi. Ya'ni hozirgidek lavozim bo‘shaganidan keyin 10 kun ichida emas, balki tanlov o‘tkazilishidan 1 oy oldin e'lon berilardi. 

Hujjatlarni topshirish va tanlovni o‘tkazish muddatlari belgilandi. Demak, tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar nomzodlar tomonidan u elon qilingan kundan boshlab 20 kun ichida taqdim etiladi. Tanlov esa hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin 15 kun ichida o‘tkaziladi. Ilgari ushbu muddatlar belgilanmagan edi.

Hujjat 2017 yil 7 avgustda kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: