Tramp ijtimoiy tarmoqdan ketsa, Twitter 2 milliard dollar zarar ko‘radi

Jahon 18:55 / 18.08.2017 5603

Agar AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdan ketsa, Twitter kompaniyasi 2 mlrd dollar miqdorida zarar ko‘radi. Bu haqda Bloomberg agentligi Monness Crespi Hardt & Co. tahlilchisi Jyeyms Kakmakka asoslanib xabar bergan.

Kakmakning qayd etishicha, agar Tramp tvitterdan foydalanishni to‘xtatsa, bu boshqa foydalanuvchilar tarmoqni ommaviy ravishda tark etishiga olib kelmaydi, ammo bu kompaniya nomoddiy aktivlari qiymati keskin pasayishiga sabab bo‘ladi.

Uning qayd etishicha, Twitter aksiyalari narxi tarixidagi eng quyi darajagacha ham tushishi mumkin.

«Dunyoda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining tekin reklamasidan yaxshiroq narsa yo‘q», — deya o‘z so‘zlarini izohlagan Kakmak.

Ayni vaqtda Twitter Inc. kompaniyasi bozor narxi 11,7 mlrd dollarga baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: