Toshkentda Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining 1-kongressi bo‘lib o‘tadi

Sport 19:45 / 18.08.2017 3438

2017 yilning 19 avgust kuni Toshkentda joylashgan Wyndham mehmonxonasida Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining birinchi kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kun.uz’ga IKA matbuot xizmati xabar berdi.

Kongress kun tartibidan asosan, 2017 yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Yopiq inshootlar va yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, 2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, Kongress kun tartibidan Dubay shahrida o‘tkazilgan navbatdan tashqari Kongress hujjatlarini tasdiqlash, tashkiliy va umumiy masalalar ham o‘rin olgan. 

Qayd etish lozim, joriy yil 4 yanvar kuni Osiyo va Okeaniya Kurash konfederatsiyasi birlashtirilib, yagona Konfederatsiyaga aylantirilgan va unga o‘zbekistonlik Komil Ro‘ziyev bir ovozdan Prezident etib saylangan edi. Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederatsiyasiga 30 dan oshiq Kurash federatsiyalari rasman a'zo hisoblanishadi.

Ko‘proq yangiliklar: