Toshkent viloyati prokuraturasi rasmiy sayti ishga tushirildi

Jamiyat 18:00 / 18.08.2017 10307

Amalga oshirilayotgan profilaktika chora-tadbirlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilik darajasi haqidagi ma'lumotlarni aholiga yetkazish, sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularni bartaraf etish jarayoni to‘g‘risida keng jamoatchilikni tezkor xabardor qilish maqsadlarida Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy sayti ishga tushirildi.

«Toshkent viloyat prokuraturasi aholi va jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga intiladi. Biz uchun Sizning har bir fikringiz o‘ta muhimdir, chunki prokuratura organlari vazifalarini oshkora amalga oshirish Sizning huquq va manfaatlaringizni samarali himoya qilish imkonini beradi», deyiladi saytga joylashtirilgan matnda.

Hozirgi vaqtda saytdan foydalanish jarayonida:

Toshkent viloyati prokuraturasiga ariza, shikoyat va takliflarni virtual qabulxona orqali onlayn tarzda yo‘llash;
huquqiy maslahat olish;
viloyat prokuraturasi organlari faoliyati va uning amaldagi natijalari haqidagi ma'lumotlar, shuningdek jamiyatda qonuniylik va huquq tartibotni ta'minlash sohasidagi tadbir va yangiliklardan xabardor bo‘lish;
ijtimoiy so‘rovlarda qatnashib, mintaqadagi korrupsiya holati va davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash;
qonunlar va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shu jumladan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni yo‘llash;
viloyatdagi idora va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari, bedarak yo‘qolganlar va jinoyat sodir etganlikda ayblanuvchi shaxslar qidiruvi bilan bog‘liq dolzarb ma'lumotlarga ega bo‘lish;
jinoyatlar va baxtsiz hodisalarni oldini olish, shuningdek turli hayotiy vaziyatlarda harakatlanish choralari va qoidalarini o‘zida ifoda etgan maxsus eslatmalar bilan tanishish imkoniyatlar mavjud

Ko‘proq yangiliklar: