Toshkent-4 terminalining qurilish loyihasi qayta ishga tushadi

O‘zbekiston 23:39 / 18.08.2017 24186

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportda yangi yo‘lovchi terminali (Toshkent-4)ni ishga tushirish loyihasi yangilanadi. Bu haqida 18 avgust kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyacining Yerusti inshootlari ekspluatatsiyasi va aerodromlar boshqarmasi rahbari Anton Xodjayan Boing 767 samolyoti  Full-flight-simulyatorini ishga tushirish munosabati bilan tashkil etilgan anjumanda ma'lum qildi. 

Avvalgi yangiliklarimizda Toshkent aeroportining Toshkent-4 terminalini qurish bo‘yicha ishlar vaqtinchalik to‘xtatilganini xabar bergan edik. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30 iyun kuni imzolangan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (ishchi) aviatsiyasi zamonaviy aeroport majmuasini qurish» to‘g‘risidagi qarorida ma'lum qilingan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, terminal qurilishi aholi turar joylari va boshqa binolar buzilishini, Qorasuv kanali yoqasidagi hududdan aholini ko‘chirishni talab etadi, bu esa tuman aholisi tomonidan noroziliklarga sabab bo‘lgan.

Hozirda qurilishni amalga oshirish muddati va loyihaning qiymati bo‘yicha aniq ma'lumotlar yo‘q. Hamkorlar bilan qaytadan kelishuvlar o‘tkazilganda so‘ng “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK loyiha haqida batafsil ma'lumot berishni rejalashtirgan. 

Yangi terminal maydoni 87 ming kvadrat metrni tashkil etadi, u soatiga 1,5 ming, yiliga 5,7 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.

«Toshkent-4»da 21 samolyot uchun perron, 1,7 ming avtomobil uchun avtoturargoh bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: