TIV: Kataloniyadagi teraktlar oqibatida jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Jahon 14:10 / 18.08.2017 4322

O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasi dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yil 17 avgustda Kataloniyada (Ispaniya) yuz bergan teraktlar oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, elchixona Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 17.00 (Toshkent vaqti bilan 20.00)da oq furgon Barselona markazida joylashgan Rambla ko‘chasidagi kishilarning ustiga bostirib borildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘ldi, yana 32 inson jabrlandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: