Shavkat Mirziyoyev Bekobodda mo‘'jaz shaharcha barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

O‘zbekiston 16:05 / 18.08.2017 13777

Bekobod shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaharning bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, loyihada, «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» hamda «Bekobod sement zavodi» ishchilari uchun arzon uy-joylar qurish ko‘zda tutilgan.

Prezident mazkur uy-joylar atrofida bog‘ va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish obektlarini barpo etish — mo‘'jaz shaharcha barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev shaharchani tez va qisqa fursatlarda bunyod etish kerakligini ta'kidlab, unga «Mustaqillikning 27 yilligi massivi» deb nom berishni taklif qildi.

Ko‘proq yangiliklar: