Salomatligingizga befarq emasmisiz – bu yo‘lda Azim Zomin Shifo sizga ko‘makchi bo‘ladi

Light 09:00 / 18.08.2017 20921

Hech bir ish, ulkan rejalar, oldinga qo‘yilgan maqsadlar salomatlik bo‘lmasa tatimaydi. Inson hayotida shunday daqiqalar bo‘ladiki, salomatligi yaxshilanishi uchun bor-budini berishga hoziru nozir bo‘lib qoladi. Ana shunday ko‘ngilsiz holatlarga tushmaslik uchun va salomatligimizga o‘z vaqtida e'tiborli bo‘lishimizga Azim Zomin Shifo MChJ tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar yordam beradi.

Sog‘lomlashtirish va dam olish maskani hisoblanmish Azim Zomin Shifo Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan. Yurtimiz tabiatini yaxshi biladiganlar uchun ortiqcha ta'rif shart emas – Zomin O‘zbekistondagi eng xushmanzara va eng so‘lim tabiat go‘shasidir. 

Xo‘sh, ushbu maskan qaysi yaxshi jihatlari bilan ajralib turadi, u yerning afzalliklari nimada? Azim Zomin Shifo MChJ sog‘lomlashtirish va dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Jumladan, ikki o‘rinli xonalar, oilaviy dam olish uchun kottejlar mehmonlar uchun muntazir. Bundan tashqari, davolash diagnostika bo‘limi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, tibbiy xizmatlar malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladi. 

Faoliyati endigina yo‘lga qo‘yilgan ushbu maskanda, bundan tashqari, ultratovush tekshiruvlar, EKG, EXO doplerografiya, keng tarmoqli klinik biokimyoviy IFA tekshiruvlar, davolash tasxishlash xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Yuqori malakali kardiolog, nevropatolog, urolog, ginekolog, stomatolog shifokorlar tomonidan ambulator va statsionar sharoitda davolash ishlari olib boriladi. Ushbu mutaxassislarning professionalligi kelajakda bu yerga tashrif buyuruvchi har bir kishining ko‘nglidan joy topa bilishi tabiiy va bu real hayotda o‘z aksini topmoqda.

Bular hali hammasi emas. Ishoning, bu yerda yuqori va past chastotali toklar bilan davolash, umurtqa pog‘onasini kompyuterli tortish, suv muolajalari, Kedr bochkasi, balchiq va parafin ozokerit bilan davolash, terrenkur davolash, jismoniy tarbiya, basseyn, giyohli fitodamlamalar va parhez ovqatlanishlarning yo‘lga qo‘yilgani maskanning dovro‘g‘ini butun respublika bo‘ylab tarqalishiga sababchi bo‘lgan omillardir.

Azim Zomin Shifo MChJ eshiklari o‘z salomatligining qadriga yetgan, hayotga yanada tetik qarashni istagan barcha uchun ochiq. Bu so‘lim maskan manzili quyidagicha: Jizzax viloyati, Zomin tumani, Qo‘riq qishlog‘i.

Murojat uchun telefon: +998943417547 +998943427547

 

Ko‘proq yangiliklar: