Mirziyoyev Bekoboddagi barcha xonadonlarni isitish moslamalari bilan ta'minlashga ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston 16:50 / 18.08.2017 11654

Bekobod shahrida 5 mingta «Ariston» suv isitgichlari o‘rnatiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri faollari bilan uchrashuvda ma'lum qilgan. 

O‘zA xabariga ko‘ra, isitgichlar kreditlar asosida xarid qilinadi va turay-joylarda o‘rnatiladi. 

Bekobodda ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalari quriladi va rekonstruksiya qilinadi, bunga 20 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. 

Prezident Bekoboddagi «Paxtakor» mahallasiga tashrifi chog‘ida oddiy odamlar bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi. 

«Biz bu yerga bekobodliklarning savollariga javob topish, xalq bizga bergan ishonchni oqlash maqsadida kelganmiz» — deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlari keltirilgan uning feysbukdagi rasmiy sahifasida.

«Bu yerda 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularga 37ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatadi», — deyilgan sahifa xabarida.

Shavkat Mirziyoyevga hudud markazida bunyod etilishi ko‘zda tutilayotgan Yagona hisob-kitob markazi va namunali mahalla fuqarolar yig‘ini binolarining loyihalari taqdim qilingan.

Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida xonadonlarni isitish loyihasi bilan tanishar ekan, aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yaqin kelajakda Bekobod shahridagi barcha xonadonlarni isitish moslamasi bilan ta'minlash ishlarini tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan.

Ko‘proq yangiliklar: