Lisenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarning 55 turini bekor qilish rejalashtirilmoqda

Jamiyat 18:10 / 18.08.2017 10254

Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziya va ruxsat berish tartibotlarini yanada qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan, deb yozmoqda Norma.uz.

Xususan, loyiha quyidagi ro‘yxatlarni o‘z ichiga oladi:

•  joriy (jami - 38) va kelasi yilda (jami - 17), shu jumladan birlashtirish (58 dan 26 gacha) yo‘li bilan bekor qilinadigan tadbirkorlik sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish hujjatlarining ayrim turlari. Ular orasida, misol uchun, farmatsevtika, tibbiyot, veterinariya, turistik va bojxona sohasida litsenziyalar, advokatlik faoliyati (1.10.2017 yildan), shuningdek ulgurji savdo, avtomobilda tashish, birja faoliyati (1.01.2018 yildan) mavjud;
•  rasmiylashtirish muddati qisqartiriladigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat etish tusiga ega hujjatlar (jami – 23);
•  litsenziyalash funksiyasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga o‘tkaziladigan faoliyatning ayrim turlari (jami – 13).

Shuningdek, ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun barcha litsenziyalar taxminan joriy yilning 1 oktabridan amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Agar litsenziyalovchi organ litsenziyani bermasa yoki buning uchun ajratilgan muddat ichida uni berishni rad etmasa, talabgor litsenziya olmoqchi bo‘lgan faoliyat bo‘yicha faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Bunda litsenziyalovchi organni bu haqda yozma ravishda xabardor qilish lozim bo‘ladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: