Kataloniya hukumati uch kunlik motam e'lon qildi

Jahon 09:42 / 18.08.2017 7005

Kataloniya hukumati Barselona markazida ro‘y bergan teraktdan so‘ng uch kunlik motam e'lon qildi, deb xabar bermoqda La Informacion.

Barselona hokimi Ada Kolau shaharda 18 avgust kuni soat 12.00 (Toshkent vaqti bilan 15.00)da bir daqiqalik sukut e'lon qilinishi haqida ma'lum qilgan.

17 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 17.00 (Toshkent vaqti bilan 20.00)da oq furgon Barselona markazida joylashgan Rambla ko‘chasidagi kishilarning ustiga bostirib borildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘ldi, yana 32 inson jabrlandi.

Ko‘proq yangiliklar: