Kanada aviakompaniyasi samolyotining 200 dan ko‘proq yo‘lovchisi bagajsiz qoldi

Jahon 21:00 / 18.08.2017 4901

Angliyaning Birmingem shahriga kelgan Kanadaning Air Transat aviakompaniyasi samolyotining 200 dan ko‘proq yo‘lovchisi bagajini ololmadi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, voqea 15 avgustda yuz bergan. Samolyotda Torontodan Angliyaga 300 yo‘lovchi kelgan. Biroq ulardan faqatgina 85 nafari o‘z bagajini olgan.

Aniqlanishicha, bagaj bilan bog‘liq favqulodda vaziyatga Torontoning Pirson aeroportidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, nosozlik tufayli reys 3 soatga kechikkan.

Yo‘lovchilardan birining aytishicha, aviakompaniya xodimlari bilan bagaj xususida gaplashish uchun navbatda turgan ikki yo‘lovchi hushini yo‘qotgan.

Air Transat vakilining aytishicha, barcha yo‘lovchilar Pirsondagi yuk bilan ishlash tizimidagi nosozliklardan xabardor qilingan bo‘lganlar. Uning aytishicha, shu sabab nafaqat Air Transat, balki boshqa aviakompaniyalar ham o‘z samolyotlariga yo‘lovchilarning barcha yuklarini orta olishmagan. Kompaniya xodimasi bu muammoni tezkorlik bilan hal qilish ustida ishlanayotganini aytgan.

Ma'lum qilinishicha, yo‘lovchilar aviakompaniya tomondan yuklari yo‘qotilgan holda 1,4 ming dollar miqdoridagi maksimal kompensatsiyaga umid qilishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: