Italiyaning davlat qarzi rekord qiymatga yetdi

Iqtisodiyot 21:37 / 18.08.2017 13362

Italiyaning davlat qarzi 2017 yil iyunda 2,281 trln yevrodan oshib, rekord qiymatga yetdi. Bu haqda mamlakat markaziy banki hisobotida aytilgan.

Avvalgi salbiy rekord 2017 yil may oyida qayd qilingandi, o‘shanda Italiya davlat qarzi 2,279 trln yevroni tashkil qilgandi. Shu tariqa Italiya davlat qarzi 2 oy ichida 2 mlrd yevroga oshgan.

O‘tgan yil davomida Italiya qarzi 2,07 foizga (45 mlrd yevro) oshib, 2016 yil 31 dekabrida 2,217 trln yevroni tashkil qilgandi. 

Italiya iqtisodiyoti 2017 yil 2-choragi natijalariga ko‘ra 1-chorakka nisbatan 0,4 foizga oshgan. 1-chorakda Italiya iqtisodiyoti 1,2 foizga oshgandan keyin, yillik hisobda 1,5 foizga oshgan.

Umuman olganda o‘tgan yil Italiya yalpi ichki mahsuloti 1 foizga oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: