Fransiya chempionati o‘yinlari bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi

Sport 18:50 / 18.08.2017 4330

Fransiya chempionatida uchinchi tur o‘yinlari boshlanishidan oldin jamoalar Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlaydi. Bu haqda Liga 1 rasmiy saytida xabar qilingan.

Shuningdek, Fransiya ikkinchi divizionida ham o‘yinlar bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi.

3-tur o‘yinlari 18 avgust oqshomida «Metts» va «Monako» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi.

17 avgust kuni Barselonadagi Rambla turistik ko‘chasida furgon odamlarni bosib ketdi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq odam jabrlandi. Keyinroq 18 avgustga o‘tar kechasi Kambrilsda avtomobilda odamlar ustiga bosib borgan besh nafar terrorchi yo‘q o‘ldirildi.

Ispaniyada 18 avgustdan boshlab uch kunlik motam e'lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: