Foto: Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi

Jahon 16:15 / 18.08.2017 6587

Barselonada teraktlar qurbonlari xotirasi uchun sukut saqlash marosimi o‘tkazildi. Kataloniyadagi Plasa-de-Katalunya maydonida qurbonlarni yod etish uchun minglab kishilar to‘plandi. Ular qatorida Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy va qirol Filipp VI ham bor edi.

Bir daqiqalik sukut saqlashdan keyin yig‘ilganlar «Men qo‘rqmayman!» shiorini hayqirib aytishgan.

Barselonada 17 avgust kuni terakt yuz berdi: shaharning piyodalar yuradigan asosiy ko‘chasi — Ramblada yuk mashinasi katta tezlikda piyodalar ustiga bostirib bordi. 13 kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: