Favqulodda vaziyatlar haqida xabar berish tizimi modernizatsiya qilinadi

O‘zbekiston 19:40 / 18.08.2017 11742

Vazirlar Mahkamasining 8.08.2017 yildagi 601-son qarori bilan Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma'lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi (XMAT) to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
XMATning asosiy vazifalari:

•  favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida ma'lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash va yetkazish texnologik jarayoni majmuini avtomatlashtirishni ta'minlash, favqulodda vaziyatlar holatida muhofaza usullari va aholining harakatlari, yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida aholiga xabar berish va ma'lumotlarni yetkazishda barcha jarayonlarni real vaqt ko‘lamida monitoring qilish;
•  favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida respublika aholisiga xabar berish va ma'lumot (axborot) yetkazish;
•  boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi kundalik boshqaruv organlari, respublika hududida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan va ajratiladigan (jalb qilinadigan) maxsus tayyorlangan kuch va vositalarga favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berish va ma'lumot (axborot) yetkazish.
 
Axborot yetkazish tizimi to‘rt darajadan iborat bo‘ladi, ular respublika, mahalliy, lokal va obekt axborot markazlari, terminal majmualar va bo‘lingan avtomatlashtirilgan quyi tizimlardan iborat.

Respublika va mahalliy darajadagi XMAT 2018-2022 yillar davomida  bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Bunda FVV obekt darajasidagi va lokal darajadagi XMATni yaratish va ishga tushirish tadbirlari borishining har yillik tekshiruvini amalga oshiradi.

 

Ko‘proq yangiliklar: