Yevropada Barselonadagi teraktlardan keyin xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Jahon 07:31 / 18.08.2017 3012

Barselonada 17 avgust yuz bergan teraktlardan keyin butun Yevropa bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Hech kim terrorchilar yangi hujumlar tayyorlayotgani va agar shunday bo‘lsa, keyingi zarbani qayerdan kutish kerakligini bilmaydi.

Yevropa Ittifoqi barcha davlatlarining aksilterrorchilik qo‘mitalari favqulodda yig‘ilishlar o‘tkazmoqdalar.

Jumladan, Britaniya politsiyasi kuchaytirilgan navbatchilikka o‘tkazilgan.

Oxirgi ikki hafta ichida avtomobillarda odamlar bosilgan Fransiyada xavfsizlik darajasi hattoki muhokama ham qilinmayapti, bu mamlakat bir yildan beri favqulodda vaziyat sharoitida yashamoqda. Aksilterrorchilik otryadlari dam olishsiz ishlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: