Yevropa ligasi. «Milan» makedonlarga 6ta gol urdi, «Marsel» Sloveniya klubini yenga olmadi va boshqa natijalar

Sport 09:58 / 18.08.2017 4844

Yevropa Ligasining pley-off bosqichida «Milan» «San-Siro»da Makedoniyaning «Shkendiya-79» klubini qabul qilib yirik g‘alabaga erishdi. Rossonerilar raqib darvozasiga javobsiz 6 gol yo‘llashgan, gollar mualliflari Andre Silva (2), Rikkardo Montolivo (2), Fabio Borini va Luka Antonelli bo‘lishdi.

Qayd etish kerakki, «Milan» xalqaro maydonda bunday yirik g‘alabaga oxirgi marta 1993 yilda erishgandi. O‘shanda Chempionlar ligasi doirasida «Kopenhagen»ga qarshi uchrashuvda ham 6:0 hisobi qayd etilgan.

Fransiyaning «Marsel» klubi Sloveniyaga safar qilib, «Domjale» bilan durang o‘ynadi (1:1). O‘yin boshida Amedey Vetrix mezbonlarni oldinga olib chiqdi, ammo ikkinchi bo‘lim davomida Morgan Sanson hisobni tenglashtirdi.

Yevropa Ligasi saralashi doirasidagi boshqa bahslarda «Legiya» «Sherif» bilan murosa ko‘chasini tanladi (1:1), «Austriya» «Osiyek»ni mag‘lub etdi (2:1).

Javob uchrashuvlari 24 avgust kuniga belgilangan.

Yevropa ligasi, pley-off bosqichi, dastlabki o‘yinlar
Milan Italiya – Shkendiya-79 Makedoniya 6:0 (3:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 13 Andre Silva, 2:0 – 25 Montolivo, 3:0 – 27 Andre Silva, 4:0 – 67 Borini, 5:0 – 68 Antonelli, 6:0 – 85 Montolivo.
Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Sapata, Konti (Abate, 69), Antonelli, Chalxanoglu (Bonaventura, 61), Kessie, Borini, Montolivo, Suso (Kutrone, 75), Andre Silva.
Shkendiya-79 – Zaxov, Beytulai, Tsutsuli, Chelikovich (Tekya, 64), Xasani, Todorovski, Alimi, Totre, Abduraximi (Boyku, 70), Ibraimi, Radeski (Shefiti, 82).
Ogohlantirishlar: Tsutsuli (54), Bonaventura (84).

Domjale Sloveniya – Marsel Fransiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 12 Vetrix, 1:1 – 63 Sanson.
Domjale – Milich, Shirok, Blajich, Klemenchich, Balkovets, Xusmani, Repas, Bizyak (Ojbolt, 88), Vetrix, Ibrichich (Jujyek, 90), Firer (Franich, 73).
Marsel – Mandanda, Rami, Evra, Sakai, Sertich, Lopes (Zambo-Angissa, 84), Luis Gustavo, Okampos, Sanson, Toven (N`Ji, 75), Jyermen (Kabella, 87).
Ogohlantirishlar: Balkovets (77), Kabella (90), Evra (90).

Legiya Polsha – Sherif Moldova 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 76 Xyamyalyaynen, 1:1 – 87 Bayala.
Legiya – Malyaj, Dombrovski, Gloushek, Yendjyeychik, Pazdan, Mulen, Monchinski, Gilerme (Kuxarchik, 24), Shimanski, Sadiku (Xyamyalyaynen, 56), Nad (Ildebertu, 71).
Sherif – Mikulich, Kulushich, Posmak, Sushich, Bayala, de Noyyer (Balima, 87), Tripich (Maseda, 64), Brezovets (Domashkan, 84), Badibanga, Anton, Kristiano.
Ogohlantirishlar: Pazdan (27), Brezovets (49), Gloushek (59), Kristiano (70).

Osiyek Xorvatiya – Austriya Avstriya 1:2 (1:1, 1:2)
Gollar: 1:0 – 15 Eyupi, 1:1 – 26 Monshayn, 1:2 – 59 Xoltsxauzer.
Osiyek – Malenitsa, Bochkay, Shkorich, Barishich, Mioch (Yambor, 73), Shorsha, Lepa, Lesyak, Grezda (Peroshevich, 72), Eyupi, Petrovich (Pushich, 46).
Austriya – Xadjikich, Muhammad, Marchinko, Larsen, Vestermann, Xoltsxauzer, Zerbest, De Paula (Kankola, 90), Prokop (Tadjuri, 86), Pires, Monshayn (Frizenbixler, 78).
Ogohlantirishlar: Petrovich (4), Lepa (35), De Paula (40), Pires (68).

Ko‘proq yangiliklar: