Yevropa Ligasi. Amaldagi finalchi «Ayaks» «Rusenborg»ga yutqazdi, «Atletik»da irodali g‘alaba

Sport 10:48 / 18.08.2017 5665

Yevropa Ligasining saralash o‘yinlari doirasidagi pley-off bosqichida turnirning amaldagi finalchisi «Ayaks» Amsterdamda «Rusenborg»ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi. Norveglarga kichik hisobdagi g‘alaba keltirgan yagona golni 77-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Samuel Adegbenro urdi.

Yana bir uchrashuvda Avstriyaning «Red Bull Zaltsburg» klubi Ruminiyaning «Viitorul» klubi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Belgiyaning «Bryugge» va Gretsiyaning AYeK klublari durang o‘ynadi (0:0), o‘yinning 58-daqiqasida ruminlar hujumchisi Marko Livayya o‘yindan chetlatilgan bo‘lsada, bu natijaga ta'sir ko‘rsatmadi.

«Atletik» esa «Panatinaikos» bilan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi. Afinada kechgan uchrashuvda mezbonlar ikki to‘p ustunligi bilan oldinda edi, ammo ispanlar iroda ko‘rsatib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltira olishdi. Ispanlarning tajribali hujumchisi Arits Aduris ikkita golga mualliflik qildi, yana bir gol Oskara de Markos tomonidan urildi.

«Viktoriya Plzen» Larnakaning AYeK klubini yengdi (3:1), «Ludogorets» «Suduva»dan ustun keldi (2:0), «Makkabi» «Altax»ni mag‘lub etdi (1:0).

Portugaliyaning «Braga» klubi ham iroda ko‘rsatdi. Islandiyaning «Xabnarfordyur» klubiga qarshi safar o‘yini mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

BATE va «Aleksandriya» o‘rtasidagi uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Zagrebning «Dinamo» o‘z maydonida «Skenderbeu» bilan durang o‘ynadi (1:1), «Apollon» esa «Midtyullann» bilan uchrashuvda g‘alabaga ega chiqdi (3:2).

Javob uchrashuvlari 24 avgust kuniga belgilangan.

Yevropa ligasi, pley-off bosqichi, dastlabki o‘yinlar

Ayaks Niderlandiya – Rusenborg Norvegiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 77 Adegbenro.
Ayaks – Onana, de Ligt, Deyks, Veltman, Virgever, Shene, van de Bek, Neres (Klyuyvert, 61), Ziyesh, Yunes, Dolberg (Xuntelar, 66).
Rusenborg – Xansen, Bordal, Meling, Xedenstad (Vilxyalmsson, 72), Shelvik, Yyensen, Konradsen, Midtshe, Yevtovich (Gersbax, 90), de Lanle (Adegbenro, 69), Bendtner.
Ogohlantirishlar: Bordal (9), de Lanle (62), Klyuyvert (74), Shene (90), Deyks (90).

Panatinaikos Gretsiya – Atletik Ispaniya 2:3 (1:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 29 Lod, 2:0 – 55 Kabesas, 2:1 – 68 Aduris, 2:2 – 71 De Markos, 2:3 – 74, penalti Aduris.
Panatinaikos – Vlaxodimos, Moledo, Kutrubis, Reysh, Molins (Xadziyovanis, 72), Kabesas (Donis, 84), Lod, Kurbelis, Altman (Lusiano, 51), Zeka, Xult.
Atletik – Yago Errerin, Laport, Echeyta, Balensiaga, Inigo Lekue (Inyaki Uilyams, 57), Raul Garsiya, Mikel Vesga, Muniain (Susayeta, 84), Benyat (San Xose, 77), De Markos, Aduris.
Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (21), Echeyta (31), Kurbelis (45), San Xose (88).

Apollon – Mityulland – 3:2
Gollar: Kiryaku, 15, Yander, 70, Pittas, 90+1 – Sorlot, 38, 74

Dinamo Zagreb – Skenderbeu – 1:1
Gollar: Enrikes, 90+5 – Latifi, 37

BATE – Aleksandriya – 1:1
Gollar: Ivanich, 8 – Banada, 19

PAOK – Estersund – 3:1
Gollar: Matos, 38 (pen) Priyovich, 77, 87 – Nuri, 21

Xabnarfordyur – Braga – 1:2
Gollar: Byornsson, 40 – Dias Fernandes, 62, Stoilkovich, 79

Viktoriya – AYeK (Larnaka) – 3:1
Gollar: Bakosh, 29, 74 (pen), Kolarj, 36 – Akoran, 8

Altax – Makkabi T-A – 0:1
Gol: Kyartansson, 68

Ludogorets – Suduva – 2:0
Gollar: Motsi, 61, Vura, 76

Bryugge – AYeK – 0:0
Chetlatish: Livaya, 58

Vitorul – Zaltsburg – 1:3
Gollar: Tsugudyan, 7 – Xvan, 2, Volf, 29, Dabbur, 31

Partizan – Videoton – 0:0

Ko‘proq yangiliklar: