BMT bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashi Barselonadagi teraktni qoralab chiqdi

Jahon 10:11 / 18.08.2017 3081

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh va Xavfsizlik Kengashi Barselonadagi teraktni qoralab chiqdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

«U jabrlanganlar tezroq shifo topishini istamoqda hamda bu shafqatsiz zo‘ravonlik holati uchun mas'ul bo‘lganlar darhol javobgarlikka tortilishiga umid qilmoqda», - deya ma'lum qildi BMT bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT Ispaniya hukumati bilan uning terrorizm va ekstremizm bilan kurashida birdamdir.

Bundan tashqari, RIA Novosti’ning xabar berishicha, BMT Xavfsizlik Kengashi a'zolari Kataloniya poytaxtida “qo‘rqoqlarcha amalga oshirilgan” teraktni qat'iy qoralaydi.

7 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 17.00 (Toshkent vaqti bilan 20.00)da oq furgon Barselona markazida joylashgan Rambla ko‘chasidagi kishilarning ustiga bostirib borildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq inson jabrlandi.

Ko‘proq yangiliklar: