Barselonadagi terakt va Kataloniyaning Alkanar shahridagi portlashlar o‘zaro bog‘langan bo‘lishi mumkin

Jahon 08:18 / 18.08.2017 6930

Kataloniya politsiyasi Kataloniyaning Tarragon viloyatida joylashgan Alkanar shahridagi portlashlar Barselonadagi teraktlar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda politsiya boshlig‘i Xosep Luis Trapero ma'lum qildi.

Alkanardagi birinchi portlash 17 avgust tongda yuz bergan. Oqibatda uylardan biri to‘liq vayron bo‘lgan. Uning ichida ikki kishi bo‘lgan, ulardan biri halok bo‘lgan, ikkinchisi jarohat olgan. Ma'lum qilinishicha, portlash zarbasidan yaqin atrofdagi uylarda yashagan yana 6 kishi yaralangan. Ular orasida Fransiya, Italiya, Marokash va Ispaniya fuqarolari bo‘lgan.

Mahalliy OAV dastlab portlash narkolaboratoriyada sodir bo‘lganini, unga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lganini taxmin qilishgan.

Shu kunning o‘zida shu hududning o‘zida yana bitta portlash sodir bo‘lgan. TV3 telekanalining ma'lum qilishicha, oqibatda bir necha politsiyachi jarohat olgan. Voqea tafsilotlari keltirilmagan.

Keyinroq aynan Alkanarda politsiya Barselonadagi teraktda gumon qilingan bir kishini qo‘lga olgan. Taxmin qilinishicha, portlash sodir bo‘lgan uyda yashovchilar qo‘lbola bomba tayyorlamoqchi bo‘lishgan.

Shu sababli tergov ushbu ikki holatni bir-biri bilan bog‘lamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: