Yana bir davlat Venesuelaga qarshi sanksiyalar kiritadi

Jahon 09:53 / 18.08.2017 5198

Panama prezidenti Xuan Karlos Varelaning ma'lum qilishicha, yaqin orada Venesuelaga qarshi sanksiyalar kiritish niyatida. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Davlat rahbari bunday bayonotni AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan uchrashuvi davomida qilgan.

Varelaning so‘zlariga ko‘ra, Panama Venesuelada demokratik rejimni o‘rnatish uchun Karakasga bosim o‘tkazish lozim, deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, Pensning ta'kidlashicha, Vashington ham Venesuelada diktatura o‘rnatilayotganini shunchaki kuzatib turish niyatida emas.

Avvalroq Venesuela aholisi yeyish maqsadida hayvonot bog‘idan jonzotlarni o‘g‘irlagani taxmin qilinayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: