Amerikalik kongressmen KXDRga qarshi keng ko‘lamli kiberhujumni amalga oshirishga chaqirdi

Jahon 10:09 / 18.08.2017 7645

AQSh vakillar palatasining a'zosi respublikachi Dana Rorabaxer Shimoliy Koreyaga nisbatan keng ko‘lamli kiberhujumni amalga oshirishga chaqirdi.

«Pentagon nafaqat Shimoliy Koreyaning uchirilgan raketalarini urib tushirishga, balki KXDR infratuzilmasiga keng ko‘lamli kiberhujumni amalga oshirishga ham tayyor turishi lozim», - deyiladi kongressmenning bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar bir necha o‘n yil davomida to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan diplomatik o‘yinni o‘ynashmoqda.

«Kimlarning kommunistik avlodi doimiy ravishda bizning sabrni sinab, o‘z yadro arsenalini kuchaytirib borgan. Bizning hukumat ham doim bunga bir qadar e'tiborsizlik bilan qarab kelgan. Ahmoqlik davrini to‘xtatish lozim», - deya ta'kidlab o‘tdi Rorabaxer.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Koreya yarim orolida urush bo‘lmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: