62 yoshli erkak dunyoning eng uzun daryolarini suzib o‘tib rekord o‘rnatdi 

Jamiyat 10:06 / 18.08.2017 14087

Sloveniyalik Martin Strelni 62 yoshida inson imkoniyati chegarasida bo‘lgan rekordlarni o‘rnatgani sababli fenomen odam deb atashadi.

Gap shundaki, Martin sayyoramizdagi eng uzun 5 ta daryo: Missisipi (3 734 km, 68 kun), Parana (4 880 km, 24 kun), Yantszi (6 300 km, 40 kun), Dunay (2 860 km, 58 kun) va Amazonkani (6 992 km, 66 kun) uzunasiga suzib o‘tgan. 

Strel Dunayni suzib o‘tish vaqtida Ginnes rekordini o‘rnatgan: u to‘xtashlarsiz 84 soat tinmay suza olgan. Uning aytishicha, u bunday katta masofalarni meditatsiya va gipnoz o‘rtasidagi holatga o‘xshash o‘ziga xos holatga tusha olishi evaziga muammosiz suzib o‘tishni o‘rgangan.

Martin suzishlari vaqtida bir necha marotaba xavfli vaziyatlarga duch kelgan. Bir marta uning yoniga chaqmoq kelib urilgani sababli u bir necha metr balandlikka havoga otilib ketgan. Bir necha marotaba piranyalar hujumiga uchragan va bu hujumlardan uning tanasida chuqur chandiqlar qolgan. Yana bir suzishni amalga oshirish vaqtida Strel 25 kg ga ozib ketgan. 

Strelning aytishicha, uning suzishlaridan maqsad daryolar va umuman sayyoramizning ayanchli holatiga jamoatchilik e'tiborini qaratishdan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: