1 sentabrda Yerga ulkan asteroid yaqinlashadi 

Jahon 18:45 / 18.08.2017 20588

Kuzatuvlar tarixidagi eng yirik astreoidlardan biri Yerga yaqinlashmoqda, deya ogohlantirmoqda NASA.

Koinot obekti 4,4 kilometr diametrga ega bo‘lib, olimlar uni «Florentsiya» deb atashdi. U 1 sentabr kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. 

Ma'lum qilinishicha, gigant-astreoidning sayyoramiz bilan orasidagi masofa xavfsiz hisoblanadi - taxminan 7 million kilometr. Astreoid Puerto-Riko hududida joylashgan radar va qurilmalardan kuzatiladi.

Ta'kidlash joizki, «Florentsiya» 1980 yilda kashf qilingan. Astreoidning Yerga yaqinlashishi olimlarga ushbu osmon jismi haqida qo‘shimcha ma'lumot olish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: