Valverde: «Real» ham baribir mag‘lub bo‘ladi

Sport 08:31 / 17.08.2017 9175

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya superkubogi uchun «Real»ga qarshi kechgan javob uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Qarama-qarshilikning umumiy hisobi – «qaymoqranglilar» foydasiga 5:1.

«Biz bu sovrinni qo‘ldan boy berdik. Tan olish kerak, raqib vaqti-vaqti bilan kuchliroq ko‘rindi, ayniqsa, birinchi bo‘lim boshi va oxirida. Bizda bahsni o‘zgartirish imkoniyatlari bo‘ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Raqib faol bosim o‘tkazdi hamda bizni to‘pni yo‘qotganimiz uchun jazoladi. Biz jismoniy jihatdan tezroq tiklanishimiz lozim, sababi yaqinda Ispaniya chempionati boshlanadi. Superkubok – bu mavsumoldi tayyorgarlikning yakunlanishi, garchi bu sovrinni yutib olishni xohlagandik. Tiklanish va oldinga qarab harakatlanish lozim – boshqa iloj yo‘q. „Real“ni maqtab o‘tish kerak, ammo hali hammasi endi boshlanmoqda. Bizni uzun mavsum kutmoqda. Futbolda mag‘lub bo‘lmaydigan jamoa yo‘q, hamda „Real“ ham mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishi aniq», - deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Marca.

Ko‘proq yangiliklar: