O‘ktam Barnoyev: Buxoroda 500 dan ortiq diniy ziyorat qadamjolari bor

O‘zbekiston 13:21 / 17.08.2017 11425

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda ushbu viloyatda diniy ziyorat turizmni rivojlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshiriladi. Shu maqsadda, viloyat hududidagi ko‘plab aziz avliyolar, piru murshidlarning qabrlariga yondosh hududlarda infratuzilmalari rivojlantiriladi, mehmonxonalar barpo etiladi.

O‘ktam Barnoyev Xalqaro Press-klubning Buxoro viloyatidagi sayyor sessiyasi chog‘ida viloyatda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritar ekan, shu haqda ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda, Buxoroda Bahouddin Naqshband, Mir Kulol, G‘ijduvoniy kabi avliyolar, 7 pir majmuasidan tashqari yana 500 dan ortiq qadamjolar bor. 

Ko‘proq yangiliklar: