Uyquga to‘ymaslik erkaklarda saraton xavfini keltirib chiqaradi

Light 17:23 / 17.08.2017 10292

Olimlarning fikricha, besh soatli uyqu erkaklarda prostata saratoni xavfini 55 foizga oshiradi. Bu haqida "Ortodoks" tibbiy portali xabar berdi

Okean orti olimlari ikki yirik ko‘lamli tadqiqot ma'lumotlarini tahlil qilib chiqishdi: birinchisida 407 mingdan ziyod erkak ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchisida 416 ming nafar erkak qatnashdi. 

Ko‘ngillilar 20 yil davomida nazorat ostida bo‘lishdi, kuzatuvlar boshlangan paytda ularning barchasi sog‘lom bo‘lgan. Uyqu rejimi tahlilining ko‘rsatishicha, sutkasiga 3-5 soat uxlaydigan 65 yoshdan kichik erkaklar 7-8 soat uxlaydiganlarga nisbatan 55 foizga ko‘proq prosatata saratonidan halok bo‘lishgan. 

Shunisi diqqatga sazovorki, 65 yoshdan oshgan erkaklarda uyquga to‘ymaslik bilan prostata saratoni o‘rtasida aloqadorlik kuzatilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: