Trampning maslahatchisi Sharlotsvilldagi millatchilarni “masxarabozlar” deb atadi

Jahon 16:40 / 17.08.2017 3680

Oq uyning bosh strategi Stiv Bennon telefon intervyusida Sharlotsvillda tartibsizliklar keltirib chiqargan millatchilarni “masxarabozlar” deb atadi, deya yozmoqda Telegraph nashri.

Xabar qilinishicha, Bennon uning gaplari yozib olinayotganini bilmagan.

Nashr uning so‘zlarini Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha sobiq rahbari Entoni Skaramuchchi bergan intervyu bilan taqqoslagan. U o‘z hamkasblari haqida salbiy fikrlarni bildirgandi.

Shuningdek, Oq uyning katta maslahatchisi suhbat davomida ma'muriyatning Trampga, uning Sharlotsvilldagi hodisalar bo‘yicha so‘zlari yuzasidan nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga reaksiyasi haqida ham to‘xtalgan. Nashrning yozishicha, «Bennon o‘zi Breitbart News sayti muharriri bo‘lgan paytda rivojlanishiga yordam bergan millatchilik harakati haqida salbiy fikrlarni bildirgan».

Avvalroq Tramp OAVga maxfiy ma'lumot berilishida Stiv Bennondan gumon qilayotgani xabar qilingandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: